Harbiy qismlar va muassasalardagi boshlang‘ich tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tayyorlash bo‘limi boshlig‘i
O‘zbekiston Respublikasining yoshlarga oid yagona davlat siyosati asoslarini, mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarga muvofiq o‘rta va uzoq muddatga mo‘ljallangan vazifalarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
davlat organlari va tashkilotlarining yoshlarga oid faoliyatini tahlil qilish, baholash va ular bo‘yicha xulosalar tayyorlash, shuningdek, ushbu sohadagi ishlarni takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqadi;
o‘sib kelayotgan yosh avlodni ma’nan va jismonan barkamol voyaga yetkazish, ularni sog‘lom turmush tarziga jalb etish bo‘yicha keng ko‘lamli tashkiliy, targ‘ibot-tashviqot ishlarini amalga oshiradi;
yoshlarning axborot borasidagi xavfsizligi kafolatlarini yaratish, axborot vositasida qonunga xilof ravishda yoshlarga ruhiy ta’sir ko‘rsatilishidan hamda ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishga qaratilgan zarur tadbirlarni amalga oshiradi;
yoshlar ongida milliy g‘ururni shakllantirish hamda mustahkamlashga xizmat qiladigan publitsistik, chizma, foto va video materiallarni tayyorlash hamda targ‘ib qilish choralarini ko‘rish, xorijiy ommaviy axborot vositalarida turli materiallar joylashtirish orqali mamlakatimiz ijobiy imijini shakllantirish choralarini ko‘radi;
E'lonlar
Ovozli o'qish
Saytda ovozli o'qish imkoniyati mavjud, Matnni ovozli eshitish uchun matinni belgilang va paydo bolgan tugmani ustiga bosing